19 May 2023 yil 452

Sirdaryoda probatsiya xodimiga pora taklif qilgan shaxs ushlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi maʼmuriy binosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Ushbu tezkor tadbir davomida, fuqaro I.V Mirzaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektoriga o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan katta leytenant B.Isanovning xizmat xonasida 100 dona 10.000 so‘mlik kupyuradagi jami 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Resrublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech