15 Avgust 2022 yil 1044

Sirdaryoda paxtazor orasida yetishtirilgan 1,5 metr boʻlgan nasha giyohvandlik oʻsimliklari aniqlandi.

“Qora dori-2022” keng qamrovlik profilaktik-tezkor tadbiri davomida Sirdaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida, Sirdaryo tumani Ilgʻor mahallasi hududida joylashgan fermer xoʻjaligiga qarashli, joylashgan paxta dala maydoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, gʻoʻza oʻsimliklari orasida jami 5 tup, uzunligi 1-1,5 metrlar boʻlgan, nasha giyohvandlik oʻsimliklariga oʻxshash oʻsimliklari parvarishlangan holatda oʻsib turganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar jarayonida, mazkur 5 tup oʻsimliklarni, fermer xoʻjaligida suvchi boʻlib ishlovchi, F.A ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech