20 May 2023 yil 389

Sirdaryoda olib qochilgan avtomashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. 

Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i nomiga, Sirdaryo tumani, Adolat MFYda yashovchi fuqaro M.F ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, yashash xonadoni yaqinida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan, oq rangli “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxslar tomonidan olib ketilganligini maʼlum qilib, avtomashinasini topishda amaliy yordam berishlikni so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida fuqaro M.Fga tegishli bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini Sirdaryo tumani, Adolat MFYda yashovchi fuqaro A.J olib qochganligi maʼlum bo‘ldi. fuqaro A.J olib qochgan avtomashinani Sirdaryo tumani, Navro‘z MFY hududida joylashgan beton ariqqa tushirib yuborib yo‘l-transport hodisasini sodir etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech