Sirdaryoda odam savdosi jinoyati bilan shugʻullanayotgan ayol qoʻlga olindi.
Joriy yilning 24-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbir davomida 1978-yilda tugʻilgan, oilali, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Sayxun shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.S oʻzining tanishlari boʻlgan 1984-yilda tugʻilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida istiqomat qiluvchi K.M hamda 1994-yilda tugʻilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Quyosh MFYda istiqomat qiluvchi Q.Dlarini Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanishga olib ketayotgan vaqtida “Sirdaryo” YPH maskanida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi “b,ye” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqarma TEQKB