6 Sentyabr 2022 yil 951

Sirdaryoda odam savdosi jinoyati bilan bog‘liq holat aniqlandi. 

Sirdaryo viloyati IIB va DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida 1990 yilda Guliston shahrida tug‘ilgan fuqaro N.N o‘zining tanishi bo‘lgan 1999 yilda Sirdaryo tumanida tug‘ilgan fuqaro K.R.ni Toshkent xalqaro aeroporti orqali, Turkiya davlatiga jo‘natishlik uchun elektron chipta rasmiylashtirib, Turkiya orqali Oman Sultonligiga fohishalik ishlarida yollab, jo‘natayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro N.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qism “ye” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech