30 Mart 2022 yil 461

Sirdaryoda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 23 mart kuni Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida 1993 yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi I ismli fuqaro o‘zining tanishi bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan, Guliston tumanida yashovchi K ismli fuqaroni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanishga yuborayotganligi aniqlanib, Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida “Sirdaryo” YPX maskanida ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech