Sirdaryoda og‘ufurush shovvozlar qo‘lga olindi
DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Sirdaryo viloyat IIB hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida, fuqaro J.M boshqaruvida bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasida Sirdaryo tumani, Dehqonobod mahallasi hududiga kelib, 1999 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida yashovchi, S.S bilan uchrashib, J.M boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasida Mirzaobod tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida tumanning Oydin mahallasi hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokda shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan 1 dona sellofan paketga joylashtirilgan 11 dona, avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, 6 dona sellofan paketchalariga joylashtirilgan, jami 84 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda bo‘lgan dori vositalari avtomashina salonida borligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan. Tezkor tadbir davomida fuqaro S.S ham ushlanib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganda, yonida bo‘lgan sumkachasi ichidan 11 dona sellofan paketlarga joylashtirilgan, jami 154 dona dori vositalari va 2.572.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, fuqaro J.M yonidan hamda avtomashinasidan aniqlangan jami 95 dona dori vositalarni fuqaro S.Sdan 2.500.000 so‘mga evaziga sotib olganligini, fuqaro S.S esa mazkur dori vositalarni Jizzax viloyati, Paxtakor tumanida yashovchi K.K dan olib, uning Guliston shahar va Toshkent viloyatidagi dori vositalar isteʼmol qiluvchi mijozlariga sotib, pullarni yetkazib berishlik uchun olib kelayotganligi aniqlangan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib fuqaro K.K Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi yashash xonadonida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati