14 Iyun 2022 yil 277

Sirdaryo viloyatida “Intizom oyligi” doirasida IIV masʼullari boshchiligida Sardoba tumani IIB xodimlari bilan manzilli tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan joriy yilning 14 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari hamda IIV masʼul xodimi tomonidan Sardoba tumani IIBda quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Joriy yilning 14 iyun kuni soat 08:30da Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari, IIV masʼul xodimi hamda Sardoba tumani IIB boshligʻi rahbarligida tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda IIV masʼul xodimi tomonidan IIVning 2022 yil 7 iyun kunidagi 135-son Farmoyishi asosida, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi” oʻtkazilishi belgilanganligi shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida Sardoba tumani IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 26 fevraldagi PQ-4212-son qaroriga muvofiq farzandlarining oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun taqdimnoma va tavsiyanomalar berildi.

Shundan soʻng Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimi, Boshqarma MMI va KBTX, Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi hamda Tibbiyot xodimlari ishtirokida “Intizom oyligi” doirasida Sardoba tumani ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat-jangovar tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi va xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlari boʻyicha semizlik darajalari boʻyicha tekshirish ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan Sardoba tumani IIB xodimlarining yashash xonadoniga tashrif buyurilib, xodimlarning oila aʼzolari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat davomida xodimlarning muammo va kamchiliklari tinglanib, IIV masʼul xodimi tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Bundan tashqari masʼul xodimlar Sardoba tumani Xalqobod MFY 134-sonli tayanch punktiga tashrif buyurib, profilaktika inspektorining xizmat xonasi, ish hujjatlari va xizmat faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Tekshiruv mobaynida shuningdek Sardoba tumaniga gʻalla yigʻim terimiga jalb qilingan xodimlarning xizmat faoliyatlari va bilim saviyalari nazorat tartibida tekshirildi hamda xodimlarga xizmat intizomiga rioya qilish, xizmat joyini tashlab ketmaslik, fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlmaslik va korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech