25 Iyul 2023 yil 243

Sirdaryo viloyatida ichki ishlar organlari rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari planshetlar bilan taʼminlandi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida “E-xid“– “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimini joriy etishda ilk qadam tashlandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023 yil 30 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida xizmat intizomiga rioya etilishini taʼminlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini planshetlar bilan taʼminlash borasida topshiriq berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda «E-xid»– “Xodimbay ishlash daftari” elektron axborot tizimini joriy etish maqsadida, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tashabbusi bilan joriy yilning 22 iyul kuni Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Q.X.Shermatov boshchiligida o‘tkazilgan tadbirda “Samsung Tab S6 Lite” rusumli 15 dona planshetlar shahar-tuman hamda sohaviy xizmatlar IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga tarqatildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech