24 Avgust 2021 yil 757

Sirdaryo viloyatida “COVID-19” koronavirus kasalligi test tahlil natijalari yuzasidan soxta hujjatlar tayyorlagan fuqaro qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra, Jismoniy va yuridik shaxslarga avia chiptalar sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi Samarqand viloyati, Samarqand shahrida roʻyxatdan oʻtgan “SIP TRAVEL AVIA” MCHJning Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar filiali ish boshqaruvchisi lavozimida ishlovchi, Yangiyer shahrida yashovchi fuqaro U.I oʻzi rahbarlik qilib, ishlab kelayotgan filialga qarashli Yangiyer shahar “Obod yurt” MFY Paxtakor koʻchasida joylashgan “Avia chiptalar sotuv boʻlimi”ga koʻproq mijozlarni jalb etib yengil yoʻllar bilan boʻlsada tez orada koʻproq jinoiy daromad orttirish maqsadini koʻzlab, turli xil sabablarga koʻra horijga chiqib ketish istagida avia chiptalar xarid qilish uchun murojaat etib keluvchi fuqarolarga “Koronavirus” kasalligi pandemiyasi munosabati bilan respublikamiz hududidagi va xorij davlatlari aeroportlarida kasallikning keng aholi qatlamiga yuqtirib tarqalib ketish xavfini oldini olish maqsadida tashkil etilgan karantin tekshiruv nazorat oʻtish maskanlaridan oʻtib ketish uchun goʻyoki kasallikka chalinmaganligi va sogʻlom ekanligini tasdiqlovchi tibbiy test natijalari qayd etilgan xalqaro standartlarga javob beruvchi “onlayn” tarzda kimga tegishli ekanligini qayta tekshirish imkonini beruvchi maxsus tibbiy maʼlumotnomalarni hech qanday tibbiy taxlil, test va tekshiruvlarsiz qisqa fursatlarda 200.000 soʻm evaziga tayyorlab berish bilan shugʻullanib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.

2021-yil 18-avgust kuni Boshqarma JQB KvaIJQKB xodimlari tomonidan Yangiyer shahri xududida oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, 2021-yil 26-avgust kuni yollanma ishlar bilan shugʻullanish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga uchib ketish istagida avia chipta xarid qilgan ariza muallifi A.Rga 200.000 soʻm evaziga Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatuvchi “POYTAXT MED DIAGNOSTIKA” MCHJga qarashli hususiy klinikasi tibbiy laboratoriyasi orqali goʻyoki koronavirus kasalligiga chalinmaganligi va sogʻlom ekanligini tasdiqlovchi tibbiy test sinov natijalari qayd etilgan maxsus tibbiy maʼlumotnomani rasmiylashtirib bergan vaqti kimyoviy ishlov berilgan naqt pullar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro U.Idan xuddi shu tarzda 12 nafar fuqarolarga rasmiylashtirilgan 13 dona maxsus test tibbiy maʼlumotnomalari, 2 nafar fuqarolarga Yangiyer shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan “COVID-19”ga qarshi emlanganligi xaqidagi 2 dona sertifikat, 73 dona “POYTAXT MED DIAGNOSTIKA” MCHJ muhri tushurilgan A4 shakldagi oq qogʻozlar, 94,0 ming soʻm, 20 AQSH dollari, 50 Tojik somoniysi, 1.000 RF rubli, 13 dona chet el uyuli aloqa kompaniyalari sim kartalari, bir dona kompyuter jamlanmasi, 1 dona rangli printer, 1 dona uyali aloqa vositasi tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro U.I va boshqalarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi

Text to speech