24 Noyabr 2021 yil 375

Sirdaryo viloyati xokimiyatida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol sa’y-harakatlar” kompaniyasi oldidan tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol sa’y-harakatlar” kompaniyasi oldidan tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida  xotin-qizlarga ta’siri: uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, olingan saboqlar va keyingi qadamlar” mavzusida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Senat raisi, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi Tanzila Norboeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva, senator va deputatlar, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu.Yu, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, bir qator xalqaro tashkilotlar mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, hududlardan tegishli soha vakillari, nodavlat-notijorat tashkilotlari rahbarlari, Yoshlar parlamenti a’zolari qatnashdi.

Onlayn uchrashuvda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari, uning oqibatlarini yumshatish va ko‘riladigan choralar, xususan, amaliyot, muammolar va keyingi rejalar haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Ushbu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Qolaversa, mamlakatimizda zo‘ravonlikni oldini olish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga huquqiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirda davlat organlari va NNTlar hamkorligi, migrantlar va zo‘ravonlik, ijtimoiy me’yorlarning o‘zgarishida OAV roli, zo‘ravonlik oqibatlarini yumshatishda himoya orderining roli kabi mavzular muhokama qilindi.

Shuningdek, ayollarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan hamkorlikni yanada kuchaytirish choralarini ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech