14 May 2022 yil 264

Sirdaryo viloyati IIBda kursantlar bilan amaliyot yakuni boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi talablari ijrosini taʼminlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, 2022-yilning 07-fevral kunidan 14-may kuniga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Probatsiya boʻlimi, Ekspert kriminalistika boʻlimi, Tezkor qidiruv hamkorligi boʻlimi hamda barcha tuman-shahar ichki ishlar boʻlimlarida bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini oʻtagan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining 3-oʻquv kursi kursantlari bilan amaliyot yakuni boʻyicha uchrashuv tashkil etildi. Tashkil etilgan uchrashuvda, Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati, IIV Akademiyasi masʼul xodimlari, IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-oʻquv kursining kursantlari va ularning amaliyot rahbarlari ishtirok etishdi.

Amaliyot davomida, kursantlar tomonidan shaxsiy xavfsizlik choralariga, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari taʼminlanib, doimiy nazoratga olindi. Kursantlarga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarish, amaliyot faoliyatiga taalluqli koʻnikmalarni shakllantirish, mutaxassislik boʻyicha mustahkam kasb mahoratini egallash va takomillashtirish, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berildi.

Ish oʻrganish amaliyoti yakunida kursantlardan komissiya tarkibida sinovlar qabul qilinib, har bir kursantning faoliyatiga xolisona baho berilib, Oʻzbekiston Respublikasi IIV faoliyatini takomillashtirishga oid buyruq, koʻrsatma va normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal ravishda oʻrganib, ulardan oʻzining kundalik xizmat faoliyatida toʻgʻri va toʻliq foydalanib, ushbu buyruq va koʻrsatmalarning talablari asosida xizmat olib borgan, oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, fuqarolarning huquq va erkinliklari, xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishga qaratilgan turli tezkor-qidiruv tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh kursantlarga rahbariyat nomidan minnatdorchilik bildirilib, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining buyrugʻiga asosan rag'batlantirildi.

Text to speech