16 Noyabr 2021 yil 490

Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari va ularning oila a’zolari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev raisligida, 2021 yil 9 oyda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 85-sonli bayonida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan, Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Yer yuzining sayqali bo‘lmish Samarqand o‘zining tarixiy obidalari hamda boy o‘tmishiga ega. Sayohatchilar dastlab Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan yaqindan tanishishdi. U yerda sayohatchilar buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bekning bizga qoldirgan o‘chmas merosi xaqida malumotlarga ega bo‘lishdi.

Sayohatchilarning navbatdagi manzili Doniyor ota qadamjosi bo‘ldi. Ushbu ziyoratgoh o‘zining ming yillik tarixiga ega bo‘lib, bu xaqda xodimlar o‘zlariga kerakli malumotlarni olishdi.

Keyingi manzil Samarqandning qadimiy Hazrat Hizr masjidida bo‘lib, ushbu masjidni ziyorat qilar ekan, hozirgi tinch va osuda kunlarimizga yana bir bora shukrona keltirishdi.

Xodimlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ota-bobolarimizning bizga qoldirgan boy merosini o‘rganish maqsadini o‘zida mujassam etgan sayohat ular qalbida uzoq muddat muxrlanib qolishi tabiiy. Shuningdek sayohatchilar Samarqandning go‘zal va betakror maskanlaridan biri xisoblangan Bibixonim madrasasi tomon sayohatini davom ettirishdi.

Dunyo etirofida bo‘lgan Samarqandning bu kabi tarixiy obidalari xodimlar va ularning oila a’zolarida katta taasurot qoldirdi. Sirdaryo viloyati IIB YHXB xodimlari va ularning oila a’zolarining Samarqand shaxriga sayohati ular uchun unitilmas sovg‘a bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech