5 Yanvar 2023 yil 284

Sirdaryo viloyati IIB tomonidan o‘quvchilarning qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘quvchilarning qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida, joriy yilning 4-yanvar kuni Guliston shahar 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari, shuningdek Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari, bundan tashqari Ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari hamda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Jamoat xavfsizligi xizmati, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan jangovar ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar o‘quvchi yoshlarning vatanga va xalqqa bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bundan keyin ham bu kabi tadbirlar viloyatning chekka tumanlaridagi maktablarda ham o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchi yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish borasida manzilli ishlar amalga oshirilib boriladi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech