20 Iyun 2022 yil 244

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSBda “Intizom oyligi” davomida xodimlar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 07 iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti”shiori ostida“Intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari psixolog-mutaxassislari tomonidan xodimlar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB apparati, saf bo‘linmalari xodimlariga va o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga bugungi kunda ichki ishlar organlarida rahbar xodimlarning psixologik xususiyatlari to‘g‘risida “Rahbar maʼnaviyati” va “Rahbar psixologiyasi” mavzularida darchamda psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Shuningdek, xodimlar bilan xizmat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolarni yengish, hissiy irodaviy jabhalarni barqarorligini mustahkamlar bo‘yicha tegishli psixologik tavsiyalar berildi.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, shaxsiy tarkibning ruhiy holatini, jamoadagi maʼnaviy-ruhiy muhitning barqarorligini taʼminlash, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom psixologik munosabatni mustahkamlashdan iboratdir.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech