21 Iyun 2022 yil 439

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyundagi 135-sonli farmoyishiga muvofiq “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida 2022 yilning 20 iyun kuni Sirdaryo viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari hamda IIV masʼul xodimlari tomonidan Boshqarma JXX JTSB shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Masʼul xodimlar tomonidan ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish, ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan fidoyi bo‘lishligi, insonparvarlik va qonun ustuvorligini o‘ziga dastur amal qilib olgan iymon eʼtiqodli va idorasi mustahkam metin irodali davlat va xalq xizmatining xavfsizligini taʼminlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori masʼuliyat xissini shakllantirishni shaxsiy tarkibga yetkazdi.

Masʼul xodimlar boshqarma JXX JTSB boshlig‘i podpolkovnik I.R.Rasulov bilan birgalikda Kinologiya bo‘linmasining binosiga o‘tib xizmat itlarining saqlanish sharoitlari bilan tanishdi va boshqarmada tashkil etilgan “Vatanparvarlik” burchagi, maʼnaviyat va maʼrifat xonalarining jihozlanganligini ko‘zdan kechirdi.

Boshqarma JXX JTSB

Text to speech