7 Yanvar 2022 yil 808

Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan targʻibot ishlari natijasida

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining topshirigʻiga asosan viloyat JQB xodimlari tomonidan olib borilgan targʻibot ishlari natijasida Sirdaryo tumanida yashovchi I.A yaqin qarindoshiga tegishli noqonuniy ov qurolini hamda Oqoltin tumanida yashovchi Sh.S yashash uyidan vafot etgan otasiga tegishli boʻlgan 2 dona, 16 kalibrli, ov qurolning jangovar oʻqlari va 1 dona gilzani topib olgan. Ushbu fuqarolar jangovar ov qurol va oʻqlarni oʻz xohishlari bilan IIB xodimlariga taqdim etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqarolar I.A hamda Sh.S larning xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning maxsus qismida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari aniqlanmadi. Fuqarolar I.A hamda Sh.S lar oʻz ixtiyori bilan topshirgan jangovar ov quroli va patronlar vafot etgan yaqin qarindoshlariga tegishli boʻlganligi sababli toʻplangan hujjatlar Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish qarori qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz: Oʻz uyida noqonuniy ravishda ov qurolini saqlab kelayotgan fuqarolar ixtiyoriy tarzda Ichki ishlar boʻlimlariga keltirib topshirsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishlari qonunda belgilab qoʻyilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech