28 Aprel 2023 yil 295

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni xodimlarining doimiy ravishda jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasi va kasb mahoratini oshirish, ommaviy tartibsizliklar vaqtida uyg‘unlikda harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, maxsus vositalarini qo‘llash, axloqiy-psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, davlat boshqaruv idoralari, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, PPX batalyoni xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari Sirdaryo viloyati IIB TVBSO hamda Maxsus otryad masʼul xodimlari tomonidan  doimiy ravishda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar darhol bartaraf etish choralari ko‘rildi, shuningdek xodimlar bilan doimiy ravishda saf tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi.

Text to speech