12 Noyabr 2021 yil 318

Sirdaryo viloyati IIB HPB profilaktika inspektorlari “Yashil makon” umummilliy tadbiriga oʻz xissalarini qoʻshmoqda.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning huzurida oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, viloyat hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasini tadbiq etishda profilaktika inspektorlari mahallada olib borilayotgan ishlarga bosh boʻlishmoqda.
Bugungi kunda, barcha mahallalarda daraxtlarni ekish, parvarishlash va koʻkalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etishda profilaktika inspektorlarining boshchiligida fuqarolar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hususan, ushbu loyiha doirasida 105 nafar profilaktika inspektorlari tadbirga jalb etilib, shu kunning oʻzida yashash xonadonlar atrofiga 89 tup, xizmat binolari va ularning atrofiga 156 tup, boshqa joylarga 39 tup jami boʻlib 186 tup mevali hamda 217 tup manzarali koʻchatlar ekilib, uning parvarishiga alohida etibor qaratilmoqda.

Text to speech