22 Aprel 2022 yil 430

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Oqoltin tumanida o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 aprel kuni Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.H.Bo‘ronovning tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi sayyor qabuli va “Yoshlar bilan uchrashuvi” o‘tkazildi. Oqoltin tumani Yangi hayot mahallasida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvi, yoshlarning faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalarini o‘rganishdan boshlandi. Ushbu uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan o‘z faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya asosida uy olish, sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘zgartirib berishda yordam berish, harbiy xizmatga borish uchun shartnoma pulini to‘lab berish, faoliyat olib borayotgan choyxonasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish, mahallasiga oqar suv olib kelish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida ishtirok etgan 60 dan ortiq fuqarolardan 52 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 14 tasi shu yerning o‘zida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 11 tasiga huquqiy tushuntirish berish orqali, qolgan 27 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal etish uchun ko‘rsatmalar berilib, nazoratga olindi.

Text to speech