1 Iyul 2023 yil 251

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘iga biriktirilgan yoshlarga Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 aprel kunidagi Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, kelgusida yoshlarning bandligini taʼminlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini madaniy va maʼrifiy tadbirlar orqali mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni qiynab kelayotgan tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bosqichma-bosqich tizimli hal etib borish, ularni taʼlimga, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini taʼminlash maqsadida viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Sandjar Djabarovga 50 nafar ijtimoiy muammolari bor “Qizil” toifaga kiritilgan yoshlar biriktirib berilgan.

Mazkur yoshlarning muammolarini hal etish yuzasidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritaning tegishli bandini ijro etish maqsadida, Sirdaryo tumani Ilg‘or mahallasida yashovchi 18 nafar, Oqoltin tumani Ko‘rkam-diyor mahallasida yashovchi 5 nafar, Oqoltin tumani Yangi davr mahallasida yashovchi 5 nafar, Oqoltin tumani Navoiy mahallasida yashovchi 5 nafar va Shirin shahrida yashovchi 7 nafar jami 40 nafar yoshlar viloyat IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan ularda vatanga mehr-muhabbat uyg‘otish va o‘lkamizda yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimiz haqida ko‘proq taʼsirot uyg‘otish maqsadida tarixiy joylarga mazmunli sayohat tashkillashtirildi.

Qizil toifaga kiritilgan 50 nafar yoshlarga Samarqand shahrining tarixiy obidalari, meʼmoriy inshootlari va buyuk bobokalonlarimizning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlari bilan tanishtirilib, kun davomida yoshlarning vaqtlari mazmunli o‘tkazilishiga ko‘maklashildi. Sayohat davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan yoshlarga ko‘ngilochar tadbirlar va maroqli davra suhbatlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech