1 Oktyabr 2021 yil 609

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi xalqaro kuzatuvchilarni qabul qildi

2021-yilning 29-sentyabr kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi xalqaro kuzatuvchilari Kontamin Benedikt va Xabul Adnanlar viloyat IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov bilan uchrashish uchun tashrif buyurdilar.

Viloyat IIB boshligʻi tomonidan muloqot avvalida xalqaro kuzatuvchilarni birga kutib olgan oʻzining tegishli soha boʻyicha oʻrinbosarlarini tanishtirib oʻtildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi saylovlarning oʻtkazilishida fuqaro muhofazasi asosiy vazifa hisoblanishini soha boʻyicha viloyatda barcha imkoniyatlar yoʻlga qoʻyilganligini, bu yilgi saylov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora oʻtkazilishini, bugungi kunda viloyat hududida 284 ta saylov uchastkalari tuzilib, mazkur saylov uchastkalari aholi uchun qulay joy va binolarda joylashgan boʻlib, ularda saylovni oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilganligini taʼkidlab oʻtdi.

Oʻz navbatida, Kontamin Benedikt xonim tomonidan Mustaqillik bayramining 30-yilligi munosabati bilan samimiy qutlovlar bildirildi. Parallel ravishda bu Xalqaro kuzatuvchilar uchun ham oʻziga xos yubiley, yaʼni 400-marta kuzatuv tashrifi ekanligi taʼkidlandi. Oldingi safar (2019-yil Parlament saylovlarida) ham Xalqaro kuzatuvchi maqomida ishtirok etganligini maʼlum qildi. “Hududlar boʻyicha 14 ta jamoadan iborat guruhlar tarkibiga 2 nafardan uzoq muddatli doimiy kuzatuvchi va kuzatuvimiz neytral pozitsiyaga asoslangan” – dedi soʻzini yakunlar ekan Kontamin Benedikt xonim.

Oʻzbek xalqi samimiy va mehmondoʻst ekanligiga amin boʻldik- deydi Kontamin Benedikt xonim.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech