18 Aprel 2022 yil 343

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Bo‘ronov Shuhrat Husanovich tomonidan fuqarolarning muammolarini o‘rganish yuzasidan navbatdagi qabuli Sirdaryo tumani Navro‘z mahallasida o‘tkazildi. Bu galgi qabulda 35 ga yaqin fuqarolarning turli masalalarda bildirilgan murojaatlari atroflicha o‘rganildi.

Boshqarma boshlig‘i har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Text to speech