3 Aprel 2022 yil 328

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan murojaatlar joyiga chiqilib oʻrganilmoqda

Viloyat hududida Sud huquq masalalari boʻyicha ikki kun mobaynida oʻtkazilgan ommaviy qabulda Ichki ishlar tizimiga kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, ayrimlarining ijrosi nazoratga olingan edi. Mirzaobod tumanida boʻlib oʻtgan ommaviy qabulga Sardoba tumanidan ham bir guruh nuroniylar tashrif buyurishdi. Ular orasidagi Anorboy Abduvaliyev Ichki ishlar vazir oʻrinbosari qabulida boʻlib, Sardoba tumani Fayziobod mahallasida joylashgan futbol maydoni hamda maktab sport zali yaroqsiz holatga kelib qolganini aytgan edi. Mazkur masala viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Boʻronov Shuhrat Husanovich tomonidan nazoratiga olinib, muammoga yechim topish maqsadida Sardoba tumani hokimi bilan birgalikda hududga tashrif buyurishdi. Siz tasvirlarda koʻrib turgan 7 -maktab stadioni yogʻingarchilik kunlari suvga toʻladi. Qolaversa, mahalla maktab sportzali ham anchagina taʼmirtalab. Masʼullar mazkur masalani hamkorlik asosida tez kunlarda bartaraf etishga kelishib olishdi.

Albatta, qabulda koʻtarilgan har bir murojaat masʼullar eʼtibor markaziga olingan. Zero, bugun mamlakatimizda “Inson kadri uchun” degan tamoyil asosida ezgu saʼyi- harakatlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech