30 Iyul 2022 yil 277

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Husanovich Bo‘ronov navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuhrat Husanovich Bo‘ronov tomonidan IIB binosida aholi bilan qabul o‘tkazildi. O‘tkazilgan qabulda 11 nafar fuqarolar yuzaga kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi.

O‘tkazilgan shaxsiy qabulda, Ichki ishlar organlariga oid turli xil masaladagi jami 11 nafar jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini murojaatlar tinglandi, shundan 2 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 4 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati Boshqarma boshlig‘i tomonidan ijrosi nazoratga olindi, 3 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bo‘yicha fuqaroga huquqiy maslahat berish orqali tushuntirish berildi, 1 nafar jismoniy va yuridik shaxsning murojaati o‘rganib chiqilayotganligi tushuntirildi, 1 nafar fuqarolarning murojaatlari tergovga qadar tekshiruv ishlarini o‘tkazilishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech