29 Iyul 2021 yil 387

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Shuhrat Boʻronovning viloyati Halq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida Prezident Adminstratsiyasi tomonidan belgilangan jadval asosida shaxsiy qabul oʻtkazdi.

Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virual qabulxonasiga yoʻllagan hozirgi kunga qadar hal etilmasdan kelinayotgan murojaatlardan 8 nafar fuqaro, Bosh vazirning tadbirkorlarni murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga murojaat yoʻllab shu kunga qadar hal etilmagan tadbirkorlardan 5 nafari va boshqa masaladagi murojaatlar bilan kelgan 6 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Boʻlib oʻtgan qabul davomida Boshqarma boshligʻi tomonidan 14 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻrganib chiqilib joyida ijobiy hal etildi, qolgan 5 nafar fuqaroning murojaat ijrosi nazoratga olindi.

Har bir murojaatchining fikri tinglanib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga oʻz vaqtida, adolatli va vijdonan oʻrganib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. 3 sektor rahbari tomonidan oʻtkazilayotgan bu kabi qabullar boshqa shahar tumanlarda ham boʻlib oʻtishi belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech