25 Dekabr 2021 yil 381

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Boʻronov Shuhrat Husanovich Guliston shahar yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

2021-yil 24-dekabr kuni Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Guliston shahar hududida ommaviy sayyor qabul va “Yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi. Yoshlar bilan uchrashuv davomida yoshlarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalarini oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot tarzida qabul oʻtkazildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan oʻz faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya asosida uy olish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kirish va ijtimoiy moddiy taʼminlash borasida murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida ishtirok etgan 30 dan ortiq yoshlardan 19 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 2 tasi shu yerning oʻzida qanoatlantirilgan boʻlsa, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berish orqali, qolgan 13 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech