Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi
Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sh.H.Boʻronov Sirdaryo viloyati xalq qabulxonasida belgilangan jadval asosida shaxsiy qabulini oʻtkazdi.
Oʻtkazilgan shaxsiy qabulda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virual qabulxonasiga yoʻllagan hozirgi kunga qadar hal etilmasdan kelinayotgan murojaatlardan 10 nafar murojaatlar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.
Viloyat xalq qabulxonasida shu kunga qadar hal etilmagan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, boshqa masaladagi fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 6 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganib chiqilib joyida ijobiy hal etildi, qolgan 4 nafar fuqaroning murojaati boshqarma boshligʻi tomonidan ijrosi nazoratga olindi.
Hususan, G.Raxmonberdiyevaning oila turmush doirasidagi murojaati boʻlib, unda turmush oʻrtogʻi 1968-yilda tugʻilgan, U.Sattarov muntazam ravishda spirtli ichimli taʼsirida uyida janjal qilib kelishini, unga tinchlik bermayotganligini maʼlum qilib turmush oʻrtogʻiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, U.Sattarovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy hal etishlik uchun JIB Guliston shahar sudiga yuborildi.
Sirdaryo viloyati IIB Murojaatlar bilash ishlash guruhi