24 Sentyabr 2021 yil 619

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi 3-sektor rahbari Shuhrat Boʻronov Sayxunobod tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.

2021-yil 24-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbari polkovnik Sh.H.Boʻronov Sayxunobod tumani hududida tuman yoshlari bilan “Yoshlar uchrashuvi” va tuman fuqarolari bilan ommaviy sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning faoliyatida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolari hamda takliflari, fikr mulohazalarini oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot tarzida qabul oʻtkazildi. Bundan tashqari yoshlar tomonidan oʻz faoliyatini shakllantirish davridagi fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib ularga masʼul tashkilot rahbarlari biriktirilib viloyat 3-sektor rahbari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Ushbu sayyor qabul va ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan ish bilan taʼminlash, imtiyozli kreditlarni olishdagi muammolar, subsidiya olish, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga kirish, uy-joy bilan taʼminlash masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida kelib tushgan 38 ta murojaatlardan 8 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal qilingan boʻlsa, 6 tasiga huquqiy tushuntirish berish orqali hal etildi, qolgan 24 ta murojaatlar sektor rahbari tomonidan qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bu kabi uchrashuvlardan keyin fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi boʻyicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuv va sayyor qabullar viloyatimizning hududlari boʻylab davom etmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech