18 Aprel 2023 yil 215

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar Sirdaryo viloyati IIB muzeyiga tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosarining 2022 yil 23 mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi 73-son farmoyishiga asosan hamda tizimda xizmat olib borayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligi, tashabbuskorligini oshirish, ular o‘rtasida maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning Sirdaryo viloyati IIB “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

Muzeylar tarix, maʼnaviyat va sanʼat xazinasidir. Ularda turli-tuman noyob va qimmatbaho ashyolar jamlanganki, xalqning o‘tmishi aks etgan bu ekspozitsiyalar insonni ajdodlar hayoti, kurashi va boy merosi bilan tanishtiradi. Sirdaryo viloyati IIBning “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyidan ham xuddi shunday noyob ashyolar o‘rin egallaganki, unga tashrif buyurgan kishi bir muddat o‘zini o‘sha davrda bo‘lgandek his etadi.

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar mazkur muzeyga tashrif davomida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tashkil etilish tarixi, erishilgan yutuqlar, rahbarlik lavozimlarida ishlagan ustozlar, faxriy xodimlar, organ faoliyatiga oid muhim sanalar, shuningdek bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey burchagidan joy olgan adabiyotlar ayollarni o‘ziga jalb etib, bir nechtasini mutolaa qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Text to speech