10 May 2023 yil 233

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati huzurida videoselektor yig‘ilish o‘tkazilib, kun tartibida “2023-yilning 3 oyida ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida sohaviy xizmatlar hamda shahar-tuman IIB masʼullariga bir qator topshiriqlar berildi.

Murojaatlar tahlil qilinganda 2023-yil 3 oyi davomida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlar, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga kamayganligi, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami murojaatlarning 66,6 foizi ijobiy hal etilib, 25,7 foizi bo‘yicha murojaat mualliflariga tushuntirish berilgan.

Mazkur yig‘ilish qarorining ijrosini taʼminlash va nazorat qilish boshqarma sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIB boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB TB Murojaatlar bilan ishlash guruhi

Text to speech