13 Iyun 2023 yil 766

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik portreti yaratilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari sohaviy xizmat xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: