14 Aprel 2022 yil 422

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida joriy yilning 14 aprel kuni Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.

Ushbu “Zakovat” oʻyinlarini oʻtkazishdan asosiy maqsad Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, ularni munosib ravishda ragʻbatlantirish, shuningdek, xodimlarda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega boʻlgan yigit-qizlar Zakovat savol-javoblarida oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.Murosasiz, qizgʻin oʻtgan Zakovat oʻyinida Sirdaryo tumani IIBning zukko xodimlari 1-oʻrinni, Guliston tumani IIB hamda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egalladilar. Gʻolib jamoalar boshqarma boshligʻining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Maʼnaviyat oyligi doirasida tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga boʻlgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech