10 Noyabr 2021 yil 321

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida sportning “Koʻpkurash” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 18 sentabr kunidagi 199-sonli farmoyishiga asosan, yoshlar ongida vatanparvarlik, fidoyilik, ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hurmat tuygʻulari shakllantirish maqsadida joriy yilning 9-noyabr kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar, Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv tarbiya muassasa hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonda – yangi ichki ishlar organlari !” shiori ostida sportning “Koʻpkurash” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada jami 6 nafar jamoalar 2000 metr (800 m, 600 m, 400 m, 200 m, 100 m)ga estafeta tayoqchasi koʻtargan holda jamoaviy yugurish, granatani uzunlikka uloqtirish, toʻsinda tortinish, pnevmatik vintovkadan 10 metr masofadan koʻkrak qafasi nishoniga oʻq uzish, arqon tortish shartlari boʻyicha gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqaning natijalariga koʻra 1-oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi jamoasiga, 2-oʻrin Sirdaryo viloyati IIB jamoasiga hamda 3-oʻrin Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv tarbiya muassasa jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining diplom, medal, hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Text to speech