7 Dekabr 2022 yil 253

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Konstitutsiya bilimdonlari" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

"8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi" bayrami munosabati bilan joriy yilning 6-dekabr kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni”  ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashkil etilgan ko‘rik-tanlov Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, bundan ko‘zlangan maqsad ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish hamda ichki ishlar organi xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat bo'ldi. Mazkur korik-tanlov yuridik texnikumning tajribali yuristlari tomonidan munosib baholab borildi.

Ko‘rik-tanlovda ichki ishlar organi xodimlari 3 ta shart asosida konstitutsiyaviy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 1-shartda "Bosh qomusimiz" bo‘lgan konstitutsiyaga oid savollarni o‘zida jamlagan biletlarga topqirlik bilan javob berishdi.

2-shartda yuridik texnikumning huquqshunos mutaxassislari tomonidan tayyorlangan konstitutsiyaga oid testlarni kompyuterda belgilashib, o‘zlarining konstitutsiyaviy bilimlarini yuqori natijalari bilan ko‘rsatib bera olishdi.

3-shartda zamonaviy "Case study" sharti ya’ni muammoli vaziyatga konstitutsiyaviy yechim topish sharti bo'lib, ushbu shart fuqarolarning muammolariga har kuni huquqiy yechim topib kelayotgan ichki ishlar organi xodimlari uchun ko‘p qiyin bo‘lmadi. Sababi hozirgi zamon talabiga mos ravishda fuqarolarga har qanday vaziyatda yordamga shay bo‘lgan ichki ishlar organi xodimlari o‘zlarining huquqiy bilimlarini kun sayin oshirib borishayotganligi xech birimizga sir emas.

Murosasiz kechgan ushbu ko‘rik-tanlovda faxrli 3-o‘rinni Yangiyer shahar IIB xodimi leytenant Omonov Sherzod qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Sardoba tumani IIB xodimi kapitan Usmonov Ahrorga nasib etdi.

Safdoshlari ichida tengsiz deb topilgan Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xodimi kapitan Barliboyev Karimjon 1- o‘ringa munosib ko‘rildi.

G‘oliblar hamda ko‘rik-tanlovni o‘tkazishda hamkorlik qilgan Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi jamoasi Boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi, diplomlari hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech