16 Avgust 2022 yil 188

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida eng yaxshi sportchi oila turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2022 yil 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Vatanga va Xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida joriy yilning 12 avgust kuni Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida eng yaxshi sportchi oila turi bo‘yicha ushbu musobaqa yuqori saviyada murosasiz tarzda o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqada jami 12 nafar oila aʼzo jamoalari ishtirok etishib 5 ta tur bo‘yicha bir-birlari bilan bellashishdi.

Qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tkazilgan ushbu eng yaxshi sportchi oila turi bo‘yicha musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi Amanbayevlar oilasiga, faxrli 2-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi Jo‘rayevlar oilasiga hamda faxrli 3-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi Yigitaliyevlar oilasi jamoalariga nasib etdi.

Murosasiz va keskin ruhda bo‘lib o‘tgan eng yaxshi sportchi oila musobaqasida g‘olib bo‘lgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan oila jamoalarini Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining kubok,qimmatbaho esdalik sovg‘alari va medallar bilan taqdirlandilar.

Text to speech