Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan “Ichki ishlar bo‘limiga tashrif” mavzusida maktab o‘quvchilari uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 18 sentabr kunidagi “Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish” to‘g‘risidagi 199-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan 25 oktabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari!” shiorini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari dasturining ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan “Ichki ishlar bo‘limiga tashrif” mavzusi doirasida Guliston shahar 7-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan “Vatanparvarlik” burchagi hamda “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyiga tashrifi uyushtirildi.
Ushbu tashrifda maktab o‘quvchilari tomonidan “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyini ko‘zdan kechirar ekan, Sirdaryo viloyatining boy tarixi, Sardoba suv omborining talafoti, shahar-tuman Ichki ishlar organlarining tarixi, ikkinchi jahon urushi va Afg‘oniston urush qatnashchilari, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelgan, Prezident mukofoti olgan xodimlar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning faoliyatini ko‘rib, o‘z hayratlarini yashira olmadilar.
Tashkil etilgan bu kabi madaniy tadbirlar har bir o‘quvchining vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlaydi.
Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati