Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari Probatsiya xizmati xodimlarining kasbiy bilim va malakalari oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son va 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–3919-son qarorlari hamda Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 29-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari bilan malaka oshirish, qayta tayyorlash va masofadan oʻqitish oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 85-sonli farmoyishi talablariga muvofiq Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarining 33 nafar Probatsiya xizmati xodimlari bilan joriy yilning 12-avgust kunidan vazirlik Malaka oshirish instituti Sirdaryo filialida xizmatdan ajralmagan holda masofadan turib onlayn, yaʼni real vaqt rejimida malaka oshirish oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.
“Xodimlarning masofadan malaka oshirish oʻquv jarayonini modul tizimida amalga oshirish, mashgʻulotlarda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali ularning bilimlari, kasbiy tayyorgarligi, oʻquv va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish hamda yuksaltirishga eʼtibor qaratiladi.” – deydi vazirlik Malaka oshirish instituti Sirdaryo filiali rahbari mayor O.Sh.Suyarov.
“Tashkil etilayotgan ushbu oʻquv kursi xodimlarda faoliyat bilan bogʻliq axborotlarni toʻplash, saqlash, unga ishlov berish, faoliyatni rejalashtirish, oʻz ustida ishlash, mahkumlar bilan ishlash tartibini mukammal oʻrganish va qonunchilikka qatʼiy amal qilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi” – deydi Sirdaryo viloyati IIB Probatsiya boʻlim boshligʻi mayor K.A.Xamrakulov.