25 Dekabr 2022 yil 348

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Yaponiya milliy politsiyasi tajribasi oʻrtoqlashildi

2022-yil 13-15-dekabr kunlari Yaponiya Milliy politsiya agentligida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi “Koban” va “Tyuzaisho” tizimlari tajribasini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Yaponiyaga xizmat safariga yuborildi. Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi polkovnik Oʻrolov Sharof Oʻrazaliyevich delegatsiya tarkibiga kiritilib Yaponiya Milliy politsiya agentligida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi “Koban” va “Tyuzaisho” tizimlari tajribasini oʻrganib qaytdi. 

2022-yil 24-dekabr kuni polkovnik Sh.Oʻ.Oʻrolov Sirdaryo viloyati IIB xodimlari bilan Yaponiya Milliy politsiyasi “Koban” va “Tyuzaisho” tizimlari haqida tushunchalar berib fikr almashdi. Yaponiyada jinoyatchilikning oldini olishning oʻziga xos tizimi bu Milliy politsiya agentligi Yaponiya Vazirlar Mahkamasining jamoat xavfsizligi milliy komissiyasi tasarrufidagi muassasa boʻlib, Yaponiya politsiya tizimining Markaziy muassasasi, shuningdek Yaponiyada milliy favqulodda vaziyatlarda huquqni muhofaza qilish organlarining Markaziy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi. Yaponiya politsiyasining asosiy vazifasi shaxslarning hayoti va mol-mulkini himoya qilish, jinoyatni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tergov qilish, gumonlanuvchilarni ushlash, yoʻl harakati xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash kiradi. Xuddi shu politsiya tashkiloti prinsipi Yaponiyaning 47 prefekturasida ham mavjud boʻlib, unda jamoat xavfsizligi komissiyasi prefektura politsiyasi boshligʻini tasdiqlovchi gubernatorga boʻysunadi. Milliy politsiya agentligi alohida prefekturalarning politsiya boʻlinmalariga boʻysunadigan 7 ta politsiya okrugi (mintaqaviy politsiya byurosi) boʻlimlari faoliyatini boshqaradi. Prefektura politsiyasini shtab boshligʻi boshqaradi, uning tarkibida bir nechta politsiya boʻlimlari mavjud boʻlib, ular oʻz navbatida “Koban” shahar politsiya stendlari va “Tyuzaisho” qishloq politsiya stendlaridan iborat. Koʻrib chiqilayotgan tarkibiy boʻlinmalarda yapon politsiyasining qariyb 40 foizi xizmat qiladi, barcha jinoyatlarning taxminan 60-65 foizi ular tomonidan koʻrib chiqiladi. Politsiya xodimlari toʻqqiz darajaga boʻlingan. Xususan, Bosh nazoratchi, katta komissar, komissar, komissar yordamchisi, boshliq, Bosh inspektor, inspektor, serjant va politsiya xodimiga boʻlinadi. Bugungi kunda “Koban” mini politsiya boʻlimi bu uchdan beshgacha politsiyachilar oʻz ishlarini bajaradigan joy hisoblanadi. Har bir “Koban” va “Tyuzaisho” politsiya boʻlimining filiali sifatida ishlaydi va shunga mos ravishda maʼlum xizmat koʻrsatish joylari tumanlarni qamrab oladi. Ularning asosiy farqi xizmat koʻrsatish hududidir. “Koban” odatda atigi 0,35 kvadrat km.da xizmat koʻrsatish maydoni uchun javobgardir, ammo aholi zichligi yuqori boʻlganligi sababli, mamlakatda bu hududda 8500 ga yaqin aholi istiqomat qilishi mumkin. 10-15 ta “Koban” va “Tyuzaisho” larning faoliyati bitta politsiya boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi kunda Yaponiyada 6200 ta “Koban” politsiya boʻlinmalari jamoat tartibini saqlash boʻyicha faoliyat koʻrsatmoqda. Koban”lar smenali tizimda ishlaydi. Butun mamlakat boʻylab 3 smenali tizim joriy etilgan. “Koban” xizmat xonasi kichkina 4 ta xonadan iborat, 1-xona telefon qoʻngʻiroqlarini qabul qilish xonasi, 2-xona ovqatlanish xonasi, 3-xona fuqarolar bilan suhbat oʻtkazish va ofitserlar ish hujjatlar bilan shugʻullanish xonasi, 4-xona xodimlarni dam olish xonalaridan iborat. “Koban”da bir kunda 3 nafar ofitser kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlarda 5 nafargacha ofitserlar xizmat koʻrsatadi. Ularda IIOga qoʻngʻiroq “110” deyiladi (bizda 102). Fuqarolar 110 ga qoʻngʻiroq qilsa tuman IIOga xabar kelib tushadi, tuman IIB joylardagi hududiga qarab “Koban” va “Tyuzaisho”ga xabarni yetkazadi. Tuman IIOdagi tezkor tergov guruhi yetib kelgunga qadar “Koban” yoki “Tyuzaisho” masʼul ofitseri aniq belgilangan vaqtda voqea joyiga yetib borib turadi. “Koban” ofitserlari vazifasi faqat chaqiruvga tezkorlik bilan yetib borish, u yerda jamoat tartibini saqlash, hududni aylanib profilaktika qilishdan iborat. Xizmat avtotransporti, ratsiya, zamonaviy barcha bazalar oʻrnatilgan telefon, alkotester, pistolet, jinoyatchilarni ushlaydigan temir tutqich, qoʻl kishanlari bilan taʼminlangan. Bugungi kunda odatda bir yoki ikkita ofitser ishlaydigan “Tyuzaisho” Yaponiyaning politsiya faoliyatining markazida joylashgan. “Tyuzaisho” politsiya boʻlimining filiali sifatida ishlaydi va shunga mos ravishda maʼlum xizmat koʻrsatish joylari tumanlarni qamrab oladi. Ularning asosiy farqi xizmat koʻrsatish hududidir. Qishloq joylarda “Tyuzaisho” 29 dan 40 kvadrat km.gacha boʻlgan hududga xizmat qiladi. Uning aholisi 3000 ga yaqin boʻladi. Har 10-15 stendning faoliyati bitta politsiya boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi. Hozirgi kunda Yaponiyada 6600 ta “Tyuzaisho” politsiya boʻlinmalari jamoat tartibini saqlash boʻyicha faoliyat koʻrsatmoqda. Kobanlardan ikki baravar koʻp boʻlgan “Tyuzaisho”lar faqat qishloq joylarida uchraydi. Oddiy “Tyuzaisho” – bu kichik uy boʻlib, u yerda politsiya xodimi oilasi bilan yashaydi. Unga politsiya ishlarini olib borish uchun ofis biriktirilgan. Politsiya xodimi qishloq joylarida tartibni saqlash uchun javobgar etib belgilangan. Biriktirilgan xizmat xonasi xizmat uyi bilan yonma-yon qurilgan. “Tyuzaisho” xizmat xonasi kichkina 2 ta xonadan iborat. 1-xona fuqarolar bilan suhbat oʻtkazish va ofitserlar ish hujjatlar bilan shugʻullanish xonasi, 2-xona maxsus vositalarni saqlash, hujjatlarni saqlash xonalaridan iborat. “Tyuzaisho”da ayollar xizmat olib bormaydi. “Tyuzaisho”da bir kunda 1 nafar ofitser kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlarda 2 nafargacha ofitserlar xizmat koʻrsatadi.

Yaponiyada politsiyasini oʻqitish va malaka oshirish uchun 3 ta oliygoh mavjud.

- Milliy politsiya Akademiyasi katta politsiyachilarni oʻqitish va tadqiqotlar olib borishga moʻljallangan. Oliygohning 9 ta oʻquv boʻlimi mavjud boʻlib, shu jumladan jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarni tergov qilish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida boʻlimlari mavjud.

- “Milliy politsiya ilmiy – tadqiqot instituti” faoliyati asosan sud ekspertizasi, voyaga yetmaganlarni jinoyatchiligini oldini olish, kriminologiya yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.

- “Imperial Guard shtab oliygohi” mavjud boʻlib, ushbu taʼlim dargohida asosan imperator oila aʼzolarini hamda imperator inshootlarini xavfsizligini taʼminlash uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Har bir 47 ta prefektura oʻzining akademiyasiga ega. Politsiya tizimida 3-4 yillik oʻqitiladigan mutaxassislik boʻyicha akademiyalar mavjud emas. Ularda 1 oydan 6 oygacha xodimlarni oʻqitib tayyorlaydi. 

Yaponiyadagi boshqa ijobiy odatlar, tartiblar, aholisining madaniyati va maʼnaviyati yuqori saviyada. Bunga quyidagi misollarni keltirib oʻtishimiz mumkin,

- Yaponiya aeroportiga kirganda tartibli atmosferani koʻrasiz. Fuqarolarga tibbiy niqobda yurish majburiyat boʻlmasada boshqalarga kasallik yuqtirmaslik va oʻziga yuqmasligi uchun tibbiy niqob taqib yurishadi.

- jamoat joylarida fuqarolar bir-birlarini juda hurmat qilishadi, odamlar gavjum joylarda oshxona, savdo rastalari, doʻkonlar, kafe-barlarda tartibli navbatda turishadi. Bir-birin navbatini olib qoʻymaydi, agar navbatiz kelib qolgan boʻlsa u yerda siz boʻlmasangiz ham sizni chaqirishadi.

- avtomobil haydovchilari madaniyati oʻta yuqori, asabiy haydovchini koʻrmaysiz eng uzoq 70 km masofaga yurilganida ham biror haydovchi signal chalganiga guvoh boʻlmadik. Tartibga solinmagan kesishmalarda ikki haydovchi bir vaqtning oʻzida kelib qolsa birinchi qoʻl koʻtargan haydovchi yuradi ikkinchisi qoʻl koʻtarib siz yuring ishorasini qiladi va bir-birlariga hurmatlarini izhor etib harakatni davom ettirishadi.

- koʻchalari toza va obod. Biror fuqaroni koʻchaga axlat tashlaganini koʻrmaysiz, agar yoʻlidan axlat chiqib qolsa choʻntagiga solib olib, yoʻldagi maxsus idishlarga tashlashadi.

- koʻchalarda fuqarolar svetofor ishoralariga qatʼiy amal qilishadi. Avtomashina bor yoki yoʻqligidan qatʼiy nazar qizil chiroqda harakat qilishmaydi.

- barcha yoʻllarda, yoʻlaklarda, oʻquv muassasalari, savdo majmualari, kafe-barlar xullas barcha jamoat joylarida koʻzi ojiz fuqarolar uchun maxsus sezuvchan yoʻlakchalar tashkil qilingan.

- yoshlar hamda keksalar barcha fuqarolar oʻzining sogʻligi uchun sport bilan muntazam shugʻullanishadi.

- aholi gavjum joylarda koʻp fuqarolar kitob, gazeta va jurnallar oʻqiyotganini uchratasiz.

- tamaki mahsulotlari jamoat joylarida umuman chekilmadi, ular tamaki mahsulotlarini maxsus ajratilgan joylarda chekishadi, qolganlardan ham shuni qatʼiy talab qilishadi.

- fuqarolar bir-birlarini nihoyatda hurmat qilishadi. Agar koʻchada turtilib ketishsa ikkalasi aybdorday bir-biridan kechirim soʻraydi, shuning uchun bezorilik, tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmaydi. Politsiya xodimlariga janjal bilan bogʻliq chaqiruvlar juda kam kelib tushadi.

- fuqarolar tirbandliklar boʻlmasligi uchun koʻproq jamoat transportida, velosipedlarda harakat qilishadi yoki piyoda yurishadi.

Qatar davlatida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida ham yaponiyalik muxlislar garchi ularning jamoasi yutqazgan boʻlsada, oʻzlari oʻtirgan va qoʻshni tribunalarni tozalab ketishgani dunyo hamjamiyatini tahsiniga sazovor boʻldi. Yaponlarning samimiyligi va maʼnaviyatini koʻrib lol qolmasdan iloj yoʻq.

Sirdaryo viloyati IIB JXX

Text to speech