22 Dekabr 2022 yil 432

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Yangi yil” bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarka bo‘lib o‘tdi.

Yangi yil barchamiz orziqib kutadigan bayram. Tabiiyki mazkur jarayonda arzon va sifatli mahsulotlarga ehtiyoj sezamiz. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan sohada xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun arzonlashtirilgan yangi yil yarmarkasi tashkil etildi. Bozor narxidan anchagina arzonlashtirilgan go‘sht, yog‘, un, shirinliklar, baliq mahsulotlari, salqin ichimliklar hamda turfa pishiriqlar qulay narxlarda taklif etildi.

Bu kabi yarmarkalar xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda va bayram kunlarida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Bu kabi arzonlashtirilgan yarmarkalar viloyatning barcha shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarida tashkil etilishi belgilangan.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech