13 Oktyabr 2022 yil 261

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Xodimlarning xizmat va ijrochilik intizomi, qonun buzilish holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan” yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Q.X.Shermatov va IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Q.T.O‘rinbayev, Boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O‘.Q.Boltaboyev, Ichki ishlar organlari rahbarlari va shaxsiy tarkibi hamda ularning ota -onalari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Q.X.Shermatov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida Ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, bunda sohani xalq manfaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qodir professional tizimni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilganligini, Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi tubdan mustahkamlanganligini, soha xodimlari jahon andozalariga mos aloqa, texnika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlanganligini, xodimlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilib, ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidladi. Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomi va qonunchilikning buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish borasida to‘xtalib, Respublika bo‘yicha xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlardan misollar keltirib shaxsiy tarkibni xulosa qilishga chaqirdi.

Tizimda olib borilayotgan keng islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, xodimlar orasida o‘z xizmat faoliyatiga masʼuliyatsizlik bilan qarayotgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etayotganlarini taʼkidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Q.T.O‘rinbayev kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy mulohaza bildirib, xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarni keltirib o‘tdi. IIB boshlig‘i hamda o‘rinbosarlarini qatʼiy ogohlantirib, kelgusida xizmat intizomi va xodimlariga javobgar shaxs sifatida ularga ham o‘rnatilgan tartibda intizomiy chora ko‘rilishini bildirdi.Shuningdek yig‘ilishda ishtirok etgan xodimlarning ota-onalari bilan ham ushbu yo‘nalishda suhbat tashkil etilib , ular sohada xizmat qilayotgan farzandlarining xatti-harakatlarini doimiy nazorat qilishlari zarurligi eslatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarga “Korrupsiya-jaholatga yo‘l” nomli videorolik namoyish etilib, xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini yana-da oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech