18 Oktyabr 2022 yil 278

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Maʼnaviyat ва maʼrifat” darsi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 02 aprel kunidagi 5050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” hamda Ichki ishlar Vazirining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-son buyrug‘i asosida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Maʼnaviyat ва maʼrifat” darsi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan “Maʼnaviyat ва maʼrifat” darsi ijodiy uchrashuv tarzida o‘tkazilib, tadbirda ishtirok etganlar tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni ва nufuzini oshirish bo‘yicha so‘nggi yillar mobaynida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini ko‘tarish borasidagi ishlarning yangi bosqichga ko‘tarilganligi to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomi ва qonunchilikning buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish borasida to‘xtalib, Respublika bo‘yicha xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlardan misollar keltirib shaxsiy tarkibni xulosa qilishga chaqirdi. Shundan so‘ng, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari raisligida “Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar ва jismoniy tayyorgarligini taʼminlash: bugungi holati ва istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga, ва oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga ва xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ва kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech