7 Noyabr 2022 yil 281

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “Faxriy ustozlar o‘giti” sifatida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-son buyrug‘iga asosan har oyning birinchi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “Faxriy ustozlar o‘giti” kuni sifatida tashkil etilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 5 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi, isteʼfodagi podpolkovnik Boltaboyev O‘ktamjon Kasimovich hamda Boshqarma Faxriylar kengashi raisi, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining maslahatchisi isteʼfodagi polkovnik Toshboyev Yusuf Mamarasulovichlar ishtirokida “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan faxriy ustozlar bugungi kunda mamlakatimizda Ichki ishlar organlari xodimlari davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, g‘amxo‘rliklardan ilhomlanib, Vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lishga, bunda faxriylarning xizmat va hayot yo‘lida orttirgan tajriba maslahatlariga tayangan holda puxta bilim olib, har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishida bunday uchrashuvlarning ahamiyati nihoyatda beqiyosligini, xodimlar “Ichki ishlar organi xodimi”- degan sharafli nomga munosib bo‘lishi uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashi, bilimlarni puxta egallashi va asosiysi xalqqa va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishni o‘zining “muqaddas burchi”- deb bilishi lozimligini taʼkidlab o‘tdilar.

Shuningdek, Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “O‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik – tinchlik garovi” mavzusida “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi davom ettirildi.

Tadbir yakunida Ichki ishlar organlarida namunali xizmat olib borayotgan xodimlar rag‘batlantirildilar.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga, va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech