6 Dekabr 2022 yil 298

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ona – Vataniga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan maʼnaviyatli va maʼrifatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Maʼnaviyat va maʼrifat darslari” ana shu o‘qitish va tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Ushbu darslarda yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar, jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyati chuqur o‘rgatilib borilishini taʼminlash, ular talablari asosida yuklatilgan vazifalar ongli ravishda ijro etilishiga erishish ushbu darslarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Joriy yilning 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIBda Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi masʼul xodimi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsion islohotlar – davr talabi” mavzusida “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi” o‘tkazildi.

Ushbu dars mobaynida Adliya boshqarmasi masʼul xodimi masʼul xodimi tomonidan O‘zbekistonda ilk Konstitutsiyaning qabul qilinish tarixi, shuningdek, bugungi kunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar hamda Konstitutsion islohotlar to‘g‘risida maʼlumotlar yetkazildi.

Shundan so‘ng xodimlarga Axborot xizmati va Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlar aks ettirilgan “Korrupsiya-jaholatga yo‘l” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech