19 Dekabr 2022 yil 457

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurash – taraqqiyot kafolati” mavzusida Ma’naviyat va ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda ona – Vataniga va xalqiga sodiq, kasbiga fidoyi, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, intiluvchan, ziyrak, hushyor hamda istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan ma’naviyatli va ma’rifatli avlodni tarbiyalashga qaratilgan qator tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” ana shu o‘qitish va tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Joriy yilning 17-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIBda Sirdaryo viloyati prokuraturasi mas’ul xodimi ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash – taraqqiyot kafolati” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng xodimlarga Ma’naviyat va ma’rifat darsini sermazmun o‘tkazish, xodimlarning bilim saviyasini hamda nutq madaniyatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 21-oktabr kunidagi 400-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlari xodimlariga o‘qish uchun tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyotlardan Primqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanining mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.

Shuningdek, dars mobaynida shaxsiy tarkibga IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i tomonidan ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar ham yetkazib o‘tildi.


Bundan tashqari Tashkiliy boshqarma yuridik ta’minlash guruhi hodimlari tomonidan xodimlarga yangi qabul qilingan qonun, qaror va farmoyishlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.

Dars yakunida sport bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan xodimlar IIVning diplom va medali bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech