3 Noyabr 2022 yil 318

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Kadrlar xizmati fidoyilari” va “Tergov xizmati faxriylari” nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi hamda Ichki ishlar organlari xodimlariga imtiyozli sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasiga asosan joriy yilning 3 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi IIV kasaba uyushmalari qo‘mitasi bosh mutaxassisi yuridik fanlar doktori, faxriylar kengashi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Sattorov Abdug‘ofur Hamidovich, “POSTDA”-“NA ПОСТУ” gazetalari va “QALQON”-«ЩIT» jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri polkovnik Sadikova Bernora To‘rabayevnalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida yangi nashrda chop etilgan “Kadrlar xizmati fidoyilari” hamda “Tergov xizmati faxriylari” nomli kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu kitoblar taqdimotida boshqarma rahbariyati, xodimlar va ularning oila aʼzolari, Ichki ishlar organlari faxriylari, IIV Sirdaryo Akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar bugungi taqdimoti bo‘lib o‘tgan kitoblar yosh xodimlarni maʼnan yetuk, bilimli, halol, mard va jasur etib hamda ona Vataniga muhabbat, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashida muhim ahamiyat kasb yetishini taʼkidlab o‘tdilar.

Shuningdek, tadbir davomida Ichki ishlar vazirining 2022 yil 1 noyabr kunidagi 472-sonli buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 17 nafar xodimlarga ipoteka kreditlari asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 25 foizi miqdorida pul mablag‘lari sertifikatlari hamda Ichki ishlar organlarining bir guruh faxriy xodimlariga vazirlikning ko‘krak nishon va faxriy yorliqlari topshirildi.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va IIV huzuridagi Tergov Depаrtamenti Kadrlar bo‘linmasi.

Text to speech