20 Iyul 2023 yil 1912

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ–5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.

 Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

- Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun oliy maʼlumotli yoshi 18 dan kichik hamda 30 dan katta bo‘lmagan nomzodlardan ariza (bildirgi)lar qabul qilish 2023 yilning 15 iyulidan 15 avgust kuniga qadar 15 avgust kuni ham soat  09.00 dan 17.00 ga qadar davom etadi;

 - nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash joriy yilning 30 avgust kuniga qadar;

 - nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish 2023 yilning 15 sentyabr kuniga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlariga quyidagi;

 - YPX-Yo‘l-patrul xizmati faoliyati;

 - PTT- Pasport tizimini taʼminlash;

 - MOAOF- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati;

 - JTSF- Jamoat tartibini saqlash faoliyati mutaxassisliklardan iborat.

 Nomzodlar quyidagi hujjatlar aslini ko‘rsatgan holda murojaat etishlari mumkin:

  - biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (asli va nusxasi);

 - harbiy guvohnoma (asli va nusxasi);

 - oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom) (asli va nusxasi);

 Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi 

 - hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

 - umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

 - tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

(Tanlovda qatnashish uchun kelgan nomzodlarga tanlov tadbirlari bo‘yicha to‘liq tushuncha beriladi.)

Maʼlumot uchun telefon raqamlari: 67-225-16-97, 67-343-52-80.

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Navoiy shox ko‘chasi, 199-uy (Dinamo sport majmuasi).

Mo‘ljal: ("Stomatologiya markazi" yonida)

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech