Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlar tomonidan O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasida seminar o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasining "chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasida vaqtincha bo'lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi 2019 yil 05 noyabr kunidagi 579-sonli Qonuni imzolandi. Ushbu qonun mazmun mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib borish maqsadida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari Sirdaryo tumanida joylashgan Xitoy hamda O'zbekiston Respublikasi hamkorligida faoliyat yuritayotgan "PENG SHENG" qo'shma korxonasiga tashrif buyurishib ushbu korxonada ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokida davra suhbati tashkillashtirilib, yuqorida ko'rsatilgan qonun asosida O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 223 va 225-moddalariga kiritilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar bo'yicha suhbat olib borildi. Suhbat so'ngida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan korxonada faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodim va xodimalarni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi nomidan tabriklashdi.