15 Yanvar 2022 yil 300

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tashabbusi bilan sportning “ERKIN KURASH” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Maktab oʻquvchilarini qishki taʼtil kunlarini maroqli mazmunli oʻtkazish masalasiga Sirdaryo viloyatida ham alohida eʼtibor qaratilgan. Davlatimiz rahbarining sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida hozirgi kunda joylarda turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Bu jarayonda Sirdaryo viloyati IIB ham oʻz tashabbuslarini namoyon etishga harakat qilyapti. Dinamo sport majmuasida tashkil etilgan musobaqa sportning “Erkin kurash” turi bilan shugʻullanuvchi yoshlarni yana bir karra sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqada viloyatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan kurashchi yoshlar oʻz vazn toifalarida bahsga kirishishdi.

Murosasiz kechgan bahsda sportsevarlar 24, 27, 32, 36, 45, 50 kg vazn toifasida erkin kurash boʻyicha ringga chiqishdilar. Viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan erkin kurash qatnashchilari bir birlaridan kuchli ekanliklarini yana bir bor sinovdan oʻtkazishdi.

Musobaqa sohiblari hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholanib gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

Text to speech