19 Oktyabr 2022 yil 306

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.

Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu maʼnoda, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik S.Jabborov viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

Qabulda 3 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ushbu murojaatlardan 1 tasi qabulning o‘zidayoq hal etildi. 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilib, 1 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganligi bois boshqarma boshlig‘i tomonidan ijro etilishi yuzasidan nazoratga olindi.

Bunday qabullar viloyatimizning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech